Xitoy politsiyasi kredit beradigan Ezubao internet-platformasi faoliyatini tekshirayotib, 21 gumonlanuvchini hibsga oldi, tergov o‘tkazish davomida esa kompaniyaning 50 milliard yuan (7,58 milliard dollar) aktivlari xatlandi. Bu haqda Xitoy Markaziy televideniyesiga tayanib, “TASS” xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Ezubao Ponsi deb ataluvchi sxema bo‘yicha ishlagan, unga ko‘ra, birinchi omonatchilar yangi investorlarni jalb qilishdan tushgan mablag‘lar hisobidan katta foizlar olgan.
Huquqni muhofaza qilish organlari kompaniya faoliyati bilan qiziqib qolgach, uning rahbariyati yer ostiga, olti metr chuqurulikka 1,2 mingga yaqin buxgalterlik kitoblarini yashirib qo‘ygan. Ularni kavlab olish uchun politsiyachilar 20 soat sarf qildi, operatsiyaga ikkita ekskavator ham jalb qilindi.
Izoh (0)