Janubiy Koreyaning Ticket Monster (TMON) kompaniyasi delegatsiyasi 29-yanvar kuni Toshkentdagi Inha universitetiga tashrif buyurdi, deb yozadi UzDaily.
TMON vakillari universitet bilan hamkorlik qilish istagini bildirdi va IT-bozor uchun kadrlar tayyorlash doirasida yangi istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.
Muzokaralar yakunlariga ko‘ra, tomonlar universitet va TMON kompaniyasi o‘rtasida uzoq muddatli o‘zaro manfaatli hamkorlikni o‘rnatish zaruriyati haqida kelishib oldi.
Izoh (0)