Avstriyalik sayyoh ayol Hindistonning Junagadx shahrida selfi olishga urinib, quduqqa tushib ketdi, deya xabar bermoqda “Segodnya.ua”. Uning baxtiga, mahalliy aholi ayolning qichqiriqlarini eshitib qoldi va unga yordamga keldi.
YouTube’ga joylangan videodan ma’lum bo‘lishicha, ayol qattiq qo‘rqib ketgan, uning ust-boshi shalabbo bo‘lgan. Uni ko‘ylaklarni birlashtirib yasalgan arqon yordamida tepaga tortib chiqarishgan. Avstriya fuqarosi jiddiy jarohat olmadi.
Izoh (0)