Rossiyaning Su-27 qiruvchi samolyoti AQShning RC-135U josus samolyotidan olti metr (20 fut) narida uchib o‘tdi. Bu haqda vaziyat bilan tanish manbalarga tayanib, The Washington Free Beacon ma’lum qildi, deya xabar beradi Meduza.
Hodisa 25-yanvar, dushanba kuni Qora dengiz ustidagi xalqaro havo kengliklarida sodir bo‘lgan.
AQSh mudofaa vazirligi vakili Mishel Baldanza Fox News telekanaliga bergan intervyusida Rossiya samolyotining harakatiga “xavfli va professionallarga xos bo‘lmagan”, deya baho bergan. The Washington Free Beacon manbasining ta’kidlashicha, hodisa tufayli AQSh samolyotining boshqaruvi buzilgan.
Rossiya rasmiylari mazkur vaziyatga izoh bermagan.
Xuddi shunga o‘xshash hodisa 2015-yilning may oyida ham sodir bo‘lgandi.
Izoh (0)