“Biz barchamiz yahudiymiz”, — dedi AQSh prezidenti Barak Obama Isroil elchixonasida Xolokost qurbonlari xotirasi kuni munosabati bilan so‘zlagan nutqi chog‘ida. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Shu tariqa, Obama 1945-yilda natsistlarga konslager mahbuslari ichidan yahudiylarni tutib berishdan bosh tortgan serjant Roddi Edmondsning so‘zlarini takrorladi.
Oqibatda Isroil hukumati Edmondsni “dunyo odili” deb atagan edi.
Izoh (0)