Rossiyada o‘tkazilgan do‘stlik onlayn-festivalida o‘zbekistonlik talaba Sardor Xayriyev g‘olib bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Tojikiston Respublikasidagi o‘zbeklar milliy-madaniy muxtoriyati” mintaqaviy jamoatchilik tashkiloti.
Sardor festivalda Tataristondagi Qozon federal universiteti Yelabuga instituti nomidan qatnashdi. Tanlovda Rossiya oliy ta’lim muassasalarida o‘qish uchun Iordaniya, Xitoy, Vyetnam, Braziliya, Fransiya, Peru, Eron, Kolumbiya va boshqa mamlakatlardan kelgan talabalar ishtirok etdi.
Tanlov insho yozish hamda asardan parcha o‘qib berishni o‘z ichiga oldi. Ijodiy ishlarni baholashda festival hay’ati rus tilini bilish darajasi, talqin qilish uslubining originalligi va mavzuga standart yondashuvdan uzoqlasha olish qobiliyatlarini baholadi.
Izoh (0)