Ukraina Oliy Radasi O‘zbekiston va Ukraina o‘rtasida erkin savdo hududi to‘g‘risidagi bitimni tatbiq etish haqidagi bayonnomani ratifikatsiya qildi. Bu haqdagi qonun loyihasini Radaning 234 deputati qo‘llab-quvvatladi, deyiladi “Korrespondent.net” xabarida.
Deputat Anna Gopkoning so‘zlariga ko‘ra, mazkur qonunning ratifikatsiya qilinishi Ukraina mahsulotlari uchun yangi bozorlarni ochadi.
MDH doirasidagi erkin savdo hududi to‘g‘risidagi bitim 2011-yil 18-oktabrida uning ishtirokchilari tomonidan ma’qullangan, 2013-yil 31-mayida esa Ukraina bitim bayonnomasini imzolagan, biroq Rada shu kungacha mazkur hujjatni ratifikatsiya qilmagan edi.
Bayonnoma talablariga muvofiq, O‘zbekiston tomoni Ukraina mahsulotlariga nisbatan import va eksport bojlarini qo‘llamaydi.
Izoh (0)