AQSh rasmiylari mamlakat va uning tashqarisida faoliyat olib borgan yirik narkoguruhning 19 nafar a’zosini qo‘lga olish bo‘yicha maxsus operatsiya o‘tkazdi. Jinoyatchilarning ehtimoliy yetakchisi, 33 yoshli amerikalik Ouen Xenson o‘tgan yil sentabrida qamoqqa olingandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Rasmiylar ma’lumotiga ko‘ra, guruh AQSh, Avstraliya hamda Janubiy Amerikaning bir qator mamlakatlarida faoliyat olib borgan.
Izoh (0)