Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) sobiq prezidenti Yozef Blatter futbol faoliyatidan chetlatilgan bo‘lishiga qaramay, tashkilotdan maosh olishda davom etmoqda, deb yozadi “Vedomosti”.
“26-fevralda bo‘lib o‘tadigan FIFA prezidentligiga saylovga qadar Blatter tashkilot prezidenti bo‘lib qoladi. O‘sha vaqtgacha u o‘z shartnomasida belgilangan mablag‘ni qo‘lga kiritish huquqiga ega”, — dedi FIFA axloq qo‘mitasi tergov palatasi matbuot kotibi Andreas Bantel.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil dekabrida FIFA sobiq prezidenti Zepp Blatter va UEFA prezidenti Mishel Platini 8 yilga har qanday futbol faoliyatidan chetlashtirildi.
Izoh (0)