Afg‘oniston poytaxti Kobuldagi Italiya elchixonasi hududida portlash sodir bo‘ldi. Mahalliy TOLO News telekanalining ma’lum qilishicha, portlash elchixonaga kelib tushgan raketa snaryadi tufayli sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkin, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
“Dastlabki xabarlarga ko‘ra, xorijiy missiya hududiga raketa snaryadi kelib tushgan. Voqea joyiga o‘t o‘chiruvchi va xavfsizlik xizmati yetib keldi”, — deyiladi xabarda.
Telekanalning qayd etishicha, portlash vaqtida elchixonaning qo‘riqlash xizmati vakili jabrlangan.
Halok bo‘lganlar haqida ma’lumotlar yo‘q.
Izoh (0)