Ser Aleks Fergyuson agar Lui van Gal iste’foga chiqsa va uning o‘rniga Rayan Giggz tayinlansa, “Manchester Yunayted” klubiga qaytib, maslahatchi murabbiy bo‘lib ishlashga tayyor, deb xabar qiladi “Korrespondent.net”.
“Manchester Yunayted” Angliya Premyer-ligasida 21 o‘yindan keyin 34 ochko bilan turnir jadvalida 6-o‘rinda bormoqda. Klub Yevropa Chempionlar Ligasining joriy mavsumidan chiqib ketdi va yevrokuboklardagi ishtirokini Yevropa Ligasida davom ettirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Fergyuson “Manchester Yunayted”da 1986-yildan 2013-yilgacha ishlagan. 2012/13-yilgi mavsumda “qizil iblislar” bilan Angliya chempionatidagi 13-oltin medalni qo‘lga kiritganidan so‘ng murabbiylik faoliyatiga yakun yasagan.
Izoh (0)