“Tottenhem” rahbariyati yangi bosh murabbiy Tomas Frankni mavsumoldi kuchli tarkib bilan ta’minlash maqsadida bir nechta yirik transferlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. AS nashrining xabariga ko‘ra, London klubi “Real Madrid” hujumchisi Rodrigo Goesni tarkibga qo‘shib olish variantini ko‘rib chiqmoqda.

Manbalarga ko‘ra, “Tottenhem” rahbari Daniel Levi hamda “qirollik klubi” rahbariyati o‘rtasida mavjud va londonliklar bundan foydalangan holda transfer narxini pasaytirishga harakat qilmoqda. Klub Rodrigoni 90 million yevrodan arzonroq narxga sotib olmoqchi.
Shuningdek, Rodrigo uchun kurashda “Tottenhem” raqobatga duch kelishi mumkin. 24 yoshli braziliyalik futbolchiga “Liverpul” hamda “Bavariya” klublari ham qiziqish bildirgan. Biroq hozircha bu jamoalardan hech biri rasmiy taklif bilan chiqqani yo‘q.
Ma’lumot uchun, Rodrigo o‘tgan mavsumda “Real” safida barcha musobaqalar doirasidgi 54 uchrashuvda maydonga tushib, 14 ta gol va 11 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028-yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 90 million yevroga baholagan.
Izoh (0)