• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Tramp Yaponiya, Filippin va Indoneziya bilan savdo bitimlarini tuzdi

    AQSH prezidenti Donald Tramp 22-iyul kuni Yaponiya, Filippin va Indoneziya bilan savdo bitimlari tuzilganini ma’lum qildi. Bu haqda CNN xabar berdi.

    Foto: CNN
    Foto: CNN

    Trampning Yaponiya bilan savdo shartnomasini tuzishi uzoq vaqtdan beri kutilayotgan edi. Unga ko‘ra, bitim doirasida Qo‘shma Shtatlarga eksport qilinadigan yapon tovarlariga 15 foiz boj tayinlanadi. Shu o‘rinda Yaponiya AQSHga 550 milliard dollar sarmoya kiritadi.

    “Biz hozirgina Yaponiya bilan ulkan kelishuvni amalga oshirdik. Ehtimol, bu eng yirik kelishuvdir. Bunda AQSH foydaning 90 foiziga egalik qiladi. Ushbu bitim yuz minglab ish o‘rinlarini yaratadi — bunaqasi hech qachon bo‘lmagan. Eng muhimi, Yaponiya bilan avtomobil, yuk mashinalari, guruch va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan savdo qilish imkoni yaratiladi. U Qo‘shma Shtatlarga 15 foiz miqdorida bojlar to‘laydi”, deb yozgan Tramp Truth Social’da.

    Yaponiya bosh vaziri Shigeru Ishiba Trampning bayonotiga javob berar ekan, hukumat bitim tafsilotlarini ehtiyotkorlik bilan o‘rganishini va zarurat tug‘ilganda AQSH prezidenti bilan telefon orqali yoki yuzma-yuz uchrashuv o‘tkazishini bildirgan. Ammo Tramp kabi, vazir ham aniq tafsilotlarni ommaga ochiqlamagan.

    Yaponiya Qo‘shma Shtatlarning beshinchi yirik import manbai hisoblanadi. U 2024-yili AQSHga 148 milliard dollarlik mahsulot eksport qilgan. Avtomobillar, avtomobil ehtiyot qismlari, qishloq xo‘jaligi va qurilish mashinalari amerikaliklar Yaponiyadan ko‘p sotib oladigan mahsulotlar qatoriga kirardi.

    Filippin bilan savdo bitimi va Indoneziya bilan kelishuv shartlari

    Tramp 22-iyul kuni Filippin prezidenti Kichik Ferdinand Markos bilan savdo kelishuviga erishilganini ma’lum qilgan. Shu kuni prezident Indoneziya bilan ham savdo bitimining aniq shartlarini oshkor qilgan.

    Ikkala kelishuvda ham AQSH ushbu davlatlardan import qiladigan tovarlarga 19 foizlik bojlar belgilanishi ko‘zda tutilgan. Shu bilan birga, Qo‘shma Shtatlar bu ikki davlatga yuboradigan tovarlariga hech qanday boj solinmaydi.

    Donald Tramp Filippin bilan kelishuvni 22-iyul kuni Oq uyda prezident Kichik Ferdinand Markos bilan uchrashganidan so‘ng e’lon qilgan.

    “Uchrashuv ajoyib o‘tdi va biz savdo bitimini yakunladik” deb yozgan Tramp ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

    Tramp jahon mamlakatlarining deyarli barchasiga savdo tariflarini o‘rnatayotgani sir emas. Jumladan, u avgust oyidan boshlab mis importi uchun ham 50 foizlik boj kuchga kirishini ma’lum qilgan. Bundan tashqari, Tramp 1-avgustgacha mamlakatlarni bitim tuzishga undab, agar shartnoma tuzilmasa, ularga juda yuqori tariflar joriy etilishi bilan tahdid qilib kelmoqda.

    23 iyul, 09:20   Izoh (0)   1588
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #AQSH#Yaponiya#Filippin#Indoneziya#savdo bitimi#tuzdi

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Afg‘oniston va O‘zbekiston 243 mln dollarlik energetika shartnomasini imzoladi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 20:15

    Xitoyda qizning qornidan 2 kg soch to‘plami olib tashlandi

    Dunyo | 17 avgust, 19:30

    Tramp Putinning butun Donbassni egallash talabini qo‘llab-quvvatladi — OAV

    Dunyo | 17 avgust, 18:40

    Putin Shavkat Mirziyoyevga Alyaskadagi sammit haqida ma‘lumot berdi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 18:08

    Isroil falastinliklarni G‘azo janubiga majburan ko‘chirishga tayyorgarlik boshladi

    Dunyo | 17 avgust, 17:40

    Shavkat Mirziyoyev Pokiston prezidentiga ta’ziya yo‘lladi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 17:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.