Air India aviakompaniyasining Airbus A321 samolyoti Indira Gandi nomidagi xalqaro aeroportga qo‘nganidan so‘ng yonib ketdi. Bu haqda aviakompaniya bayonotiga tayanib Reuters xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, uchoq Gonkongdan Nyu Dehliga uchayotgan bo‘lgan. Yo‘lovchilar samolyotdan tushayotganda uning elektr generatori yongan va avtomatik tarzda o‘chgan. Hodisa oqibatida yo‘lovchilar va ekipaj a’zolari xavfsiz evakuatsiya qilingan.
Air India bayonotiga ko‘ra, layner “biroz zarar ko‘rgan”. Samolyot tekshiruv o‘tkazish uchun vaqtincha foydalanishdan chiqarilgan. Aviakompaniya hodisa haqida aviatsiya ma’muriyatini xabardor qilgan.
Iyun oyida Air India aviakompaniyasining Ahmadoboddan Londonga uchayotgan Boeing 787-8 Dreamliner samolyoti havoga ko‘tarilganidan ko‘p o‘tmay halokatga uchragandi. Bortda 230 nafar yo‘lovchi va 12 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Samolyot turar joy hududiga qulagan, uning bo‘laklari tibbiyot kolleji yotoqxonasi binosiga borib urilgan. Oqibatda nafaqat samolyotdagilar, balki hudud aholisi ham qurbon bo‘lgan. Falokat oqibatida 270 dan ortiq kishi halok bo‘lgan.
Izoh (0)