Alisher Usmonovning biznesda hammasi joyida ekanligini tushunish bo‘yicha o‘z tizimi bor, deb yozadi Forbes “Megafon” bosh direktori Ivan Tavringa tayanib.
“U uzoq vaqt davomida umuman savol bermasligi, so‘ng qo‘qqisdan ikir-chikirlar haqida so‘rab qolishi ham mumkinki, bu narsaga nima uchun qiziqib qolganiga hayratlanasan kishi. Savol, masalan, baza stansiyasi qurilmasi haqida bo‘lishi mumkin, — dedi Tavrin. — Javobini bilmasangiz, demak ishda buning uchun mas’ul kishilar bilan muloqotda emassiz, xayol surib yuribsiz. U buni yoqtirmaydi”.
Izoh (0)