Alisher Usmonovning muloqot qilish uslubini unga sodiq menejerlar ham, uning doirasidan tashqaridagi kishilar ham bir xil ta’riflaydi: u bosim o‘tkazadi. Bu haqda Forbes xabar bermoqda.
“U muloqotda ko‘pincha kurashga da’vat etadi, ba’zan ataylab”, — dedi USM Advisors bosh direktori Streshinskiy. Uning so‘zlariga ko‘ra, aksiyador barcha fikrlar va dalillarni eshitish uchun nizoli munozara olib boradi.
Usmonov bilan muzokaralarda qatnashgan kishilardan biri uning boshqaruvi sharqona ekanligini aytdi. “U so‘zsiz bo‘ysunishnigina tan oladi. Agar bunga ko‘nikmasangiz, o‘sib bo‘lmaydi”, — dedi u.
Izoh (0)