Shimoliy Koreyaning uchuvchisiz uchar qurilmasi Janubiy Koreya bilan chegarani kesib o‘tishga uringach, Seul chegarada ogohlantiruvchi o‘t ochdi, deya xabar bermoqda “Interfaks” Janubiy Koreya OAVlariga tayanib.
O‘q yomg‘iridan so‘ng uchuvchisiz qurilma Shimoliy Koreya havo hududiga qaytgan.
Janubiy Koreya mudofaa vazirligi ushbu ma’lumotlarni tasdiqlaganicha yo‘q.
Hodisa Pxenyan vodorod bombasi sinovini o‘tkazgani haqida e’lon qilganidan so‘ng ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashishi fonida sodir bo‘ldi.
Izoh (0)