Qantas Airways (Avstraliya) qatorasiga uchinchi yil aviasoha vakillarining xavfsizlik va ish sifatini tadqiq etuvchi AirlineRatings sayti versiyasi bo‘yicha dunyoning eng xavfsiz aviakompaniyasi deb topildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Reyting yigirmataligiga kirgan boshqa aviakompaniyalar o‘rni bo‘yicha emas, alifbo tartibida joylashtirilgan. Ular qatoriga quyidagilar kiritilgan: Alaska Airlines, American Airlines, Hawaiian Airlines, United Airlines (AQSh), All Nippon Airlines va Japan Airlines (Yaponiya), British Airways va Virgin Atlantic (Buyuk Britaniya), Air New Zealand (Yangi Zelandiya), Cathay Pacific Airways (Gonkong), Emirates va Etihad Airways (BAA), EVA Air (Xitoy), Finnair (Finlyandiya), Lufthansa (Germaniya), Singapore Airlines (Singapur), KLM (Niderlandiya), Scandinavian Airline System (SAS, Shvetsiya), Swiss International Air Lines (Shveysariya) hamda Virgin Australia (Avstraliya).
Tadqiqotda hammasi bo‘lib 407 aviakompaniya qamrab olindi. Ulardan 148 tasi sayt versiyasi bo‘yicha xavfsizlikning eng yuqori reytingi — 7 ta “yulduz”ni qo‘lga kiritgan. Shu bilan birga, salkam 50 ta aviakompaniya 3 “yulduz” va undan ham kam baho olgan. 10 ta aviatashuvchi atigi bitta “yulduz”ga ega: ular Indoneziya, Nepal va Surinam vakillaridir.
2015-yilda dunyo aviakompaniyalari rekord darajadagi yo‘lovchini tashigan: 34 million reys va 3,6 milliard kishi. O‘tgan yili sodir bo‘lgan 16 aviahalokatda 560 kishi halok bo‘lgan, bu oxirgi o‘n yillikdagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan (31 hodisa, 714 kishi nobud bo‘lgan) past hisoblanadi.
Izoh (0)