Braziliya shaharlari an’anaviy karnaval tadbirlarini bekor qila boshladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Rasmiylarning bunday qarorga kelishiga mamlakatda hukm surayotgan iqtisodiy tanazzul va korrupsiya bilan bog‘liq mojarolar sabab bo‘lgan. Jumladan, hozirgacha Kampinas, Portu-Ferreyra, Makapa, Lavras-du-Sul shaharlari karnaval o‘tkazishdan voz kechgan. Yaqin orada ular safiga o‘nlab boshqa aholi punktlari qo‘shilishi kutilmoqda.
Braziliyada karnaval besh kun davomida bo‘lib o‘tadi, bu yil tadbir 5—9-fevral kunlari o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)