BMT Xavfsizlik Kengashi Saudiya Arabistonining Erondagi elchixonasi va konsulxonasiga uyushtirilgan hujumlarni qoraladi, deya xabar bermoqda “Exo Moskvi”.
BMT Xavfsizlik Kengashi Islom Respublikasi hukumatini xalqaro mas’uliyatlariga muvofiq ravishda diplomatlik obyektlar va xodimlar himoyasini ta’minlashga chaqirdi.
Qabul qilingan bayonotda Xavfsizlik Kengashi a’zolari, shuningdek, barcha tomonlarni “mintaqadagi tanglikni yumshatish uchun aloqada bo‘lib turish va choralar ko‘rishga” chaqirdi.
Izoh (0)