4-yanvar, dushanba kuni Kobuldagi xalqaro aeroport yaqinida portlash ro‘y berdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlovchi qurilmani aeroport nazorat-o‘tkazish punkti atrofida xudkush harakatga keltirgan. Qurbonlar yoki vayronagarchiliklar to‘g‘risida ma’lumot berilmagan.
Mamlakatdagi terrorchi guruhlardan hech biri mazkur portlash uchun javobgarlikni hozircha zimmasiga olmadi.
Izoh (0)