Rossiya turoperatorlari assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Dmitriy Gorin turk kapitali bo‘lgan turoperatorlarga qarshi sanksiyalar joriy etilishi tizimdagi holatni izdan chiqarishi mumkin, deb hisoblamoqda. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
30-dekabr, chorshanba kuni Rossiyaning turizm bo‘yicha federal agentligi Turkiya biznesi bilan bog‘liq 19 ta yuridik shaxsni federal ro‘yxatdan chiqardi. Bu qaror ular Rossiya hududida turizm faoliyati bilan shug‘ullana olmasligini bildiradi. Ular orasida Coral Travel, Anex Tour, “Pegas Turistik” kabi bir qator firmalar bor.
Izoh (0)