Amerikaning Yaponiyadagi Yokota aviabazasida obyekt hududiga “shubhali tugun ko‘targan” odam kirib olgani uchun trevoga e’lon qilindi, deya xabar bermoqda “TASS”.
AQShning NBC telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, qonunbuzar qo‘lga olingan, uning shaxsi oshkor etilmayapti. Shuningdek, uning yonidagi tugun ichida nima bo‘lganiga ham aniqlik kiritilmayapti.
Bostirib kirish haqida ma’lum bo‘lganidan so‘ng, bazada trevoga e’lon qilindi. Uning xodimlariga pana joyga yashirinib olish va u yerdan chiqmaslik tavsiya etildi.
Ayni paytda trevoga bekor qilingan.
Aviabaza rasmiy vakillari hodisa yuzasidan tekshiruv boshlanganini ma’lum qildi.
Izoh (0)