Hindiston bosh vaziri Narendra Modi kutilmaganda Pokistonga tashrif buyurdi. Mazkur tashrif haqida oldindan hech qanday ma’lumot berilmagandi. Bu haqda The Hindu xabar bermoqda.
Oldiniga Hindiston yetakchisi Rayvind shahriga bordi. Pokiston bosh vaziri Navoz Sharif xonadonida bo‘lib, uning nabirasi nikoh to‘yida qatnashdi, hamkasbi bilan birgalikda kelin-kuyovga oq fotiha berdi. Shundan so‘ng hukumat rahbarlari Lahor shahriga jo‘nadi va ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazdi.
Mazkur tashrif 11 yil mobaynida ilk bor amalga oshirildi: oxirgi marta Hindiston bosh vaziri Atal Bixari Vajpai 2004-yili Pokistonga kelgandi.
Izoh (0)