Yelizaveta II an’anaviy Rojdestvo tabrigida fuqarolarni bayram bilan qutlab, yilning muhim voqealari, xususan, Ikkinchi jahon urushi yakunlanganining 70 yilligini eslatib o‘tdi hamda bu g‘alabani taqdim etganlarga minnatdorchilik bildirdi. Shuningdek, o‘zi 90 yoshga to‘ladigan 2016-yilni sabrsizlik bilan kutayotganini ma’lum qildi, deya xabar beradi “Segodnya.ua”.
Qirolicha bobosi Georg V tomonidan boshlangan an’anani davom ettirib, har yili Rojdestvoda millatga murojaat etadi. Uning o‘zi tomonidan yoziladigan murojaat radio va televideniye orqali beriladi.
Yelizaveta II va uning oilasi an’anaga ko‘ra, Rojdestvoni Norfolk grafligidagi Sandringem manzilida qarshi oldi.
Izoh (0)