“Jaysh al-Islom” guruhi 25-dekabr, juma kuni Damashq yaqinida o‘ldirilgan yetakchisi Zaxran Allush o‘rniga yangi rahbar sayladi. “Al-Mayadin” telekanalining ma’lum qilishicha, Allush o‘rnini Abu Ximam Buyadan egallagan. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Damashqdan 12 kilometr uzoqlikda bo‘lgan Duma shahri atrofidagi Otaya aholi punktida joylashgan jangarilar shtabiga uyushtirilgan aviahujumlar natijasida jami 90 nafar jangari o‘ldirilgan va jarohat olgan. Allushdan tashqari, yana bir jangari guruh — “Feylak Rahmon” qo‘mondoni Abdulnosir Shamir ham yo‘q qilingan.
Damashqda Allushning o‘ldirilgani tasdiqlandi. Suriya qurolli kuchlari vakili, brigada generali Ali Meyxub “xavfli terrorchining manzili to‘g‘risida fuqarolardan aniq ma’lumot kelib tushgani, raketa zarbalari yordamida dushman shtabi to‘liq yo‘q qilingani”ni ma’lum etdi.
Izoh (0)