Afg‘onistonda 24-dekabr, payshanba kuni ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasida 50 dan ziyod kishi nobud bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Avtohalokat Samangan viloyatidagi shosseda sodir bo‘lgan. Yo‘lovchi avtobusi benzovoz bilan to‘qnashib ketgan. Fojiaga kim sababchi bo‘lgani hozircha ma’lum emas.
Izoh (0)