Istambulning G‘ozi Usmon poshsho tumani hududida o‘tkazilgan reyd chog‘ida Kurdiston ishchi partiyasining ikki nafar jangarisi o‘ldirildi, to‘rt nafar politsiyachi jarohatlangan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Reyd davomida huquq-tartibot xodimlari oldinroq Istambulda politsiya avtomobiliga hujum uyushtirgan jangarilarni qo‘lga olmoqchi bo‘lgan. O‘rtada yuz bergan otishma yarim soat davom etgan va ikki nafar jangari o‘ldirilgan. Yaralangan politsiyachilarning holati og‘ir emasligi aytilmoqda.
Izoh (0)