O‘ramida milliy valyuta — tenge tasvirlangan konfetlar savdoda paydo bo‘lgani qozog‘istonliklar taajjubiga sabab bo‘ldi. Bunday shirinliklarni ishlab chiqarish g‘oyasi olmaotalik Kasen Ospanovga tegishli, deya xabar beradi “Nur.kz”.
Qozog‘istonlik Chingiz Lepsibayev Facebook sahifalarida o‘z noroziligini shunday ifodalagan: “Lyubava” konfetlarini olmaotalik bir tadbirkor shunga o‘xshash dollar va yevro o‘ramlari qatorida Rossiya Federatsiyasida ishlab chiqarmoqda. Savol tug‘iladi: tengening bunga nima aloqasi bor, nega endi Rossiyada ishlab chiqariladi, buni kim nazorat qiladi, nega endi sudlashish o‘rniga buni ijobiy holat sifatida qabul qilyapmiz?”
Izoh (0)