Noma’lum kimsalar Gretsiyaning Saloniki shahrida joylashgan Turkiya konsulxonasini qo‘riqlayotgan politsiya kuchlariga alangalanuvchi aralashma solingan butilkalar yordamida hujum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Hujumda 25 nafarga yaqin odam ishtirok etgan, ular 15 ta “Molotov kokteyllari”ni uloqtirgan. Jabrlanganlar haqida hozircha ma’lumot berilmagan.
Izoh (0)