AQSh prezidenti Barak Obama 18-dekabr, juma kuni oilasi bilan Rojdestvo ta’tilini o‘tkazish uchun Gavayi orollariga jo‘naydi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
Matbuot xizmatining ta’kidlashicha, davlat rahbari va uning oila a’zolari ta’til vaqtida ommaviy tadbirlarda ishtirok etishni rejalashtirmagan.
Gavayi Obamaning vatani hisoblanadi: u 1961-yilda Gonoluluda tug‘ilgan.
Izoh (0)