Jahon banki Iroqqa 1,2 milliard dollar miqdorida moliyaviy yordam ko‘rsatadi. Bu haqdagi ma’lumot bank saytida joylashtirilgan, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
Mazkur yordam mamlakat budjetini barqarorlashtirish, energetika sohasida samaradorlikka erishish, neft narxi tushib ketishi va xavfsizlikka sarflanayotgan xarajatlar ortishi bilan bog‘liq muammolarni hal etishga yo‘naltirilishi bildirilmoqda.
Iroqni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash Jahon bankining shu yil oktabr oyida ishga tushirilgan Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika bo‘yicha strategiyasi doirasida amalga oshirilmoqda.
Izoh (0)