Ispaniya bosh vaziri Mariano Raxoyga Galisiyaga tashrifi chog‘ida hujum qilgan o‘smir uning uzoq qarindoshi bo‘lib chiqdi. Bu haqda mahalliy La Voz de Galicia nashri ma’lum qildi, deya xabar beradi “Yevropeyskaya pravda”.
Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, Pontevedra shahri markazida Raxoyning yuziga musht tushirgan 17 yoshli yigitcha bosh vazir turmush o‘rtog‘ining xolavachchasining o‘g‘li bo‘lib chiqdi. Tasdiqlanmagan manbalarga ko‘ra, u avtonom viloyat mustaqilligi tarafdori bo‘lgan va ruhiy tushkunlikka chalingan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Ispaniya bosh vaziri Mariano Raxoyga uning saylov oldi safari davomida bir yigit hujum qilgani xabar berilgandi.
Izoh (0)