Toshkentdagi Inha universitetida 2016-yil 6—8-yanvar kunlari “Qiziqarli matematika” birinchi matematika festivali bo‘lib o‘tadi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
Janubiy Koreya ta’lim muassasalarining matematika o‘qituvchilari festivalda barcha yoshdagi tashrifchilar uchun mo‘ljallangan 20 ta stendni namoyish etadi.
Tadbir doirasida o‘quvchi va o‘qituvchilar uchun tanlovlar o‘tkazib, esdalik sovg‘alarini topshirish rejalashtirilgan.
Festival ochilishi 6-yanvar kuni 13:00 da bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)