16-dekabr kuni O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasida “O‘zbekiston kulolchiligi davomchilari” ekspozitsiyasi ochildi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”. U 23-dekabrga qadar davom etadi.
Ko‘rgazmada butun mamlakat bo‘ylab afsonaviy usta kulollarning yuzlab kulolchilik buyumlari namoyish etilmoqda.
Ekspozitsiya mehmonlari, shuningdek, mashhur ishqorli sir tayyorlash jarayoni bilan ham tanishishi mumkin. Uning o‘ziga xosligi shundaki, sir ranglarni ochadi va jilosiz qoplama rolini o‘taydi.
Ko‘rgazmaga kirish uchun chiptalar narxi — 500 so‘m, talabalarga — 300 so‘m, maktab o‘quvchilariga — 200 so‘m, 7 yoshgacha bolalar va pensionerlarga — bepul. Yakshanba — dam olish kuni.
Izoh (0)