Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanidagi elektrovelosiped ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Qo‘shko‘pirtexnoimpeks” mas’uliyati cheklangan jamiyati hozirgacha savdo shoxobchalariga zamonaviy akkumulyator batareyalari bilan jihozlangan 200 dona elektrovelosiped yetkazib berdi. Bu haqda O‘zA xabar beradi.
- 2016-yilda uch mingta elektrovelosiped ishlab chiqarish va asosan ichki bozorda sotish rejalashtirilgan, — deydi “Qo‘shko‘pirtexnoimpeks” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Mavlon Jumaniyozov. — Kelgusida korxona faoliyatini yanada kengaytirish va ish o‘rinlarini ko‘paytirishni mo‘ljallamoqdamiz.
Eslatib o‘tamiz, jamiyat 150 ming dollar miqdoridagi investitsiya kiritilishi hisobidan 2015-yilda o‘z faoliyatini boshlagan edi.
Izoh (0)