Ona Tereza avliyolar qatoriga qo‘shiladi. Bu haqda Corriere della Sera bergan ma’lumotlarga asosan “TASS” xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, Rim papasi Fransisk Terezani avliyolar qatoriga qo‘shish haqidagi qarorni, o‘tayotgan rahmdillik yilining asosiy voqealaridan biri deb e’tirof etib, marosimni 2016-yil 4-sentabrda bo‘lib o‘tishiga ruxsat berdi.
Cherkov fidoyilarini avliyolar qatoriga qo‘shish bo‘yicha Vatikan maxsus komissiyasi ona Terezaning 35 yoshli braziliyalikni duo yordamida davolaganligini mo‘jiza, deb tan olgan. Ushbu voqea onani avliyo deb tan olinishiga sabab bo‘lmoqda.
Asli kelib chiqishi albaniyalik bo‘lgan ona Tereza 1910-yilda Makedoniya poytaxti Skopyeda tug‘ilgan bo‘lsada, Hindistonning Kalkutta shahrida ko‘p vaqt davomida faoliyat ko‘rsatib kelib, hududdagi xayriya missiyasiga asos solgan. 1997-yilda u shu yerda vafot etgan.
1979-yilda ona Tereza Nobel mukofoti sovrindori bo‘lib, 2003-yilda Ioann Pavel II tomonidan muqaddas maqomga ega deb e’lon qilindi.
Izoh (0)