Xitoy shimoli-sharqidagi Xeylunszyan provinsiyasi Xegan shahar okrugi Syanyan tumanida konda yuza kelgan portlash tufayli qamalib qolgan 19 nafar konchilarning barchasi halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda “TASS” “Sinxua” agentligiga tayanib.
Yer ostida qamalda qolgan konchilarga ikki kundan buyon yordam berishga uringan qutqaruvchilar yuqori harorat va havodagi gazlar tufayli konchilarda omon qolish imkoniyati yo‘qligini aytdi. Qutqaruv operatsiyasi rahbariyati konni berkitib, muhrlab qo‘yish va alangani o‘chirish uchun unga inert gazni kiritish haqida qaror qabul qildi.
Portlash 16-dekabr, chorshanba kuni mahalliy vaqt bilan 14:30 da (Toshkent vaqti bilan 11:30 da) sodir bo‘ldi, bu paytda yer ostida 52 kishi ishlayotgan bo‘lgan, ulardan 33 nafari eson-omon yer yuzasiga chiqib olishga muvaffaq bo‘lgan.
Izoh (0)