Qrim rahbari Sergey Aksyonov federal maqsadli dastur (FMD) doirasida Qrimni rivojlantirish uchun hozirga qadar “bir chaqa” ham ajratmagan hukumatga tanqid bilan chiqdi. Bu haqda FlashCrimea bergan ma’lumotlarga asosan “Gazeta.ru” xabar qilmoqda.
“FMDga asosan 2015-yilda 15 milliard rublni o‘zlashtirishimiz kerak edi. Mana bugun dekabr oyi kelganligiga qaramasdan, bir tiyin yuborilgani yo‘q. 2015-yil 15-iyunga qadar biz grafikni kelishib, bu haqda hukumat qarorini qabul qilganmiz”, ― dedi Aksyonov.
Ta’kidlanishicha, Rossiya hukumati yarimorolning 174 ta obyektini moliyalashtirishda yordam berishi kerak bo‘lgan. Hududiy hokimiyat hukumatga barcha zarur bo‘lgan hujjatlarni yuborgan bo‘lsada FMD doirasidagi moliyalashtirish qilinmadi.
2014-yilning avgust oyida hukumat Qrim va Sevastopolni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish uchun 681 milliard rubl miqdoridagi moliyalashtirishni nazarda tutgan FMDni ma’qullagan.
Izoh (0)