Rossiya mudofaa vazirligi 13-dekabr, yakshanbaga o‘tar kechasi Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan “Proton-M” raketasida uchirilgan harbiy koinot qurilmasi boshqaruvini o‘z qo‘liga oldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Vazirlik matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, qurilmaga “Kosmos-2513” raqami berilgan. Uning xususiyatlari yoki nima maqsadda ishlatilishi oshkor etilmagan. Harbiy koinot qurilmasi bort tizimlari ko‘ngildagidek faoliyat yuritayotgani bildirilgan.
Izoh (0)