AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp Twitter’da shahzoda al-Valid ibn Talal bilan tortishib qoldi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Saudiya Arabistoni qiroli Salmonning qarindoshi bo‘lgan shahzoda ibn Talal Tramp Amerikani sharmanda qilayotgani va hech qachon prezidentlik saylovlarida g‘olib chiqmasligini ma’lum qilgan. Trampning AQShga musulmonlar kelishini man etish haqidagi bayonoti qirollik oilasi vakilining noroziligiga sabab bo‘ldi.
“Siz nafaqat Respublikachilar partiyasini, balki butun Amerikani sharmanda qilyapsiz. Yaxshisi, prezidentlik poygasidagi ishtirokingizni to‘xtatganingiz ma’qul, chunki baribir unda hech qachon g‘olib chiqmaysiz”, — deya ta’kidlagan shahzoda.
.@realDonaldTrump
— الوليد بن طلال (@Alwaleed_Talal) December 11, 2015
You are a disgrace not only to the GOP but to all America.
Withdraw from the U.S presidential race as you will never win.
Tramp esa bu tvitga javoban “nodon shahzoda al-Valid ibn Talal AQSh siyosatchilarini otasining pullari yordamida nazorat qilmoqchi. Men prezident etib saylanganimdan so‘ng bunday bo‘lmaydi”, — deya kinoya qilgan.
Dopey Prince @Alwaleed_Talal wants to control our U.S. politicians with daddy’s money. Can’t do it when I get elected. #Trump2016
— Donald J. Trump (@realDonaldTrump) December 12, 2015
Izoh (0)