Iroq poytaxti Bag‘doddagi markaziy Tahrir maydonida mamlakatga Turkiya qo‘shinlari kiritilganiga qarshi ko‘p ming kishilik namoyish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Maydonga kamida 4 ming kishi, jumladan, shia harbiylari yig‘ilgani, namoyish qatnashchilaridan ayrimlari Turkiya bayroqlarini yoqib yuborgani bildirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Iroqning Turkiya mamlakatga harbiylarni kiritgani ustidan BMTga shikoyat qilganini “noinsoflik” deb atagani to‘g‘risida xabar bergandik.
Izoh (0)