Kreditorlarning Parij klubi Kubaning 4 milliard dollar qarzidan voz kechdi. Bu haqda Fransiya moliya vaziri Mishel Sapen ma’lum qildi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
“Kuba qarzini hisobdan chiqarish haqida kelishuvga erishilgani 1980-yildan beri to‘plangan foizlar masalasini hal etishga imkon beradi”, — deya ta’kidlagan Sapen.
Mazkur kelishuv qolgan 2,6 milliard dollar qarz Kuba tomonidan 18 yil davomida to‘lanishini ko‘zda tutadi.
Izoh (0)