Tunis milliy muloqot “kvarteti”ga kiruvchi to‘rtta tashkilot vakillariga Osloda Norvegiya Nobel qo‘mitasi raisi Karin Sisillye Kullman Five tomonidan diplom va medallar topshirildi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
Oktabr oyida 2015-yilning tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti 2011-yildagi “jasmin inqilobi”dan so‘ng, Tunisda plyuralistik demokratiyani qurishga qo‘shgan hissasi uchun Tunis milliy muloqot “kvarteti”ga berilishi ma’lum qilingan edi.
Vositachilar “kvarteti” 2013-yilning iyulida muxolifat siyosatchisi Muhammad Braxmiy o‘ldirilgandan so‘ng tashkil etilgan edi. Uning o‘ldirilishi mamlakatda siyosiy qarama-qarshiliklarning kuchayishini yuzaga keltirgan edi.
“Kvartet” faoliyati natijasida Tunis fuqarolari, siyosiy partiyalar va davlat tizimlari o‘rtasida muloqot yo‘lga qo‘yildi.
Izoh (0)