Gruziya mudofaa vazirligi mamlakat havo hududiga Rossiya harbiy vertolyotlari bostirib kirganini ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”. Tbilisi xabariga ko‘ra, vertolyot Gruziya osmonida bir necha daqiqa davomida turgan.
“Rossiya vertolyoti okkupatsiya (istilo) chizig‘ini kesib o‘tdi va bir necha daqiqadan so‘ng ortiga qaytib ketdi”, — deyiladi Gruziya mudofaa vazirligi xabarida. Gruziya hukumati istilo qilingan hududlar deb Abxaziya va Janubiy Osetiya hududlarini aytadi.
Gruziya mudofaa muassasasi bayonotida hodisa aynan qayerda sodir bo‘lganiga aniqlik kiritilmagan. Voqea haqida Hodisalar oldini olish va ularga qarshi chora ko‘rish bo‘yicha Gruziya komissiyasiga xabar berildi.
Izoh (0)