Indoneziya sharqida 6,9 magnitudali zilzila ro‘y berdi. Bu haqda Yevropa O‘rtayer dengizi seysmologiya xizmati (EMSC) ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
Seysmologlarning bildirishicha, yerosti silkinishlari markazi Ambon shahridan 168 kilometr sharqda, shu nomli orolda bo‘lgan. Sunami xavfi to‘g‘risida e’lon qilinmagan.
Izoh (0)