Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovich 2013-yilda Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) mamlakat rasmiylariga qarz berishni rad etganidan so‘ng Rossiyadan 15 milliard dollar kredit olishga majbur bo‘lganini ma’lum qildi. U shu tariqa “kredit Moskva tomonidan berilgan pora bo‘lgan”, degan ovozalarga izoh berib, bunday bayonotlarni “safsatabozlik”, deb atadi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
“Biz turli yo‘llarni qidirdik, ishontirishga harakat qildik, kelishib olingandek ko‘ringandi. Afsuski, taxminan 23-noyabrda XVJdan rasmiy rad javobini oldik. Biz bu pullarga umid qilgandik, shu sababli juda murakkab vaziyatda qoldik”, — deya ta’kidlagan sobiq prezident. Yanukovichning aytishicha, aynan mana shu omillar uni Moskvaga qarz berishni so‘rab, murojaat etishga undagan.
5-dekabr kuni Rossiya moliya vazirligi Ukraina 3 milliard dollarni shu yil 20-dekabriga qadar to‘lamasa, mamlakatni sudga berish bilan tahdid qildi.
Izoh (0)