Chegara bilmas go‘zallik: Toshkentda takrorlanmas fotoloyiha taqdim etildi
Taniqli fotosuratchi Ernest Kurtveliyev takrorlanmas loyihada imkoniyati cheklangan qiz va ayollarning go‘zalligini tasvirga muhrladi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
Fotosessiya O‘zbekiston Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot dasturining hamkorlikdagi loyihasi doirasida tashkil etildi.
Ayollarning portretlaridan iborat ko‘rgazma dekabr oyi boshida Butunjahon nogironlar kuniga bag‘ishlangan festival doirasida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan edi.
“Gazeta.uz” mazkur fotosuratlarni Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ruxsati bilan chop etgan.
Izoh (0)