Tojikistonda 7-dekabr, dushanba kuni soat 12:50 da ro‘y bergan zilzila O‘zbekiston shaharlarida ham sezildi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
“Toshkent” markaziy seysmostansiyasidan ma’lum qilishlaricha, zilzila epitsentri Toshkent shahridan 430 kilometr uzoqlikda, Tojikiston hududida bo‘lgan, magnitudasi 7,3 ga yetgan.
Yerosti silkinishlari kuchi Toshkent shahrida Rixter shkalasi bo‘yicha 3 ballni, Namanganda 3,5 ballni, Farg‘onada esa esa 4 ballni tashkil etgan.
Avvalroq Toshkentda 3 balli yerosti silkinishlari sezilgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)