Politsiya Moskva yaqinida norozilik namoyishi uchun to‘plangan uzoq masofaga qatnovchi haydovchilarni tarqatib yubordi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
3-dekabr, payshanba kuni haydovchilar kolonnaga jamlanib, federal yo‘llarda harakatlanganlik uchun to‘lovlarga qarshi namoyish o‘tkazish uchun poytaxt atrofida to‘plangan. Politsiyachilar haydovchilarni maxsus avtoturargohga o‘tish va transport vazirligi vakillari bilan uchrashishga dav’at etgan, biroq haydovchilar bundan bosh tortgan.
Shundan so‘ng mashinalar to‘plangan joyda politsiya “To‘xtash taqiqlanadi” belgisini o‘rnatgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, belgi paydo bo‘lganidan so‘ng haydovchilarning hujjatlari olinib, mashinalar ruxsat etilmagan joyda to‘xtatilganligi uchun bayonnomalar rasmiylashtirilgan.
Izoh (0)